Asosiy mazmunga o'tish

Foydalanish shartlari

2026-09-10

RankWant — sport dasturlash platformasi. Bu sahifa undan foydalanish qoidalarini aytadi.

Hisob

Bir odam — bitta hisob. Ko'p hisob reyting va musobaqa natijalarini buzadi.

Taxallus boshqa ishtirokchiga taqlid qilmasligi kerak. Ko'zga o'xshash harflar bilan olingan nom tizim tomonidan rad etiladi.

Hisobingiz xavfsizligi sizning zimmangizda: parolni boshqalarga bermang.

Musobaqa halolligi

Musobaqa davomida yechimni boshqalar bilan ulashish yoki boshqadan olish taqiqlanadi.

Boshqa ishtirokchining kodini o'zingiznikidek yuborish plagiat hisoblanadi.

Buzilish aniqlansa natija bekor qilinadi; takrorlansa hisob cheklanadi.

Kontent

Yuborgan kodingiz sizniki bo'lib qoladi. Biz uni faqat tekshirish, statistika va plagiat aniqlash uchun ishlatamiz.

Masala matnlari mualliflarga tegishli. KEP.uz arxividan olingan masalalar egalarining ruxsati bilan ko'chirilgan.

Platforma matnlarini ruxsatsiz ko'chirib boshqa joyda e'lon qilish mumkin emas.

Qvant

Qvant — platforma ichidagi ball. Uning pul qiymati yo'q, sotib olinmaydi, sotilmaydi va naqd pulga almashtirilmaydi.

Qvant faqat platforma ichida ishlatiladi va hisob o'chirilganda yo'qoladi.

Xizmat

Platforma hozircha rivojlanish bosqichida: xususiyatlar o'zgarishi, vaqtincha ishlamay qolishi mumkin.

Qoidalarni buzgan hisobni cheklash yoki o'chirish huquqini o'zimizda qoldiramiz.

Shartlar o'zgarsa, sahifadagi sana yangilanadi.